Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Artikov Davron Omarbayevich raislik qildi. Unda komissiya a’zolari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
📑 Yig‘ilish kun tartibidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashidagi bo‘shab qolgan “4-Keneges” saylov okrugi bo‘yicha deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash masalasi o‘rin oldi.
💬 Mazkur masala yuzasidan taqdim etilgan nomzodlar muhokama qilinib, bildirilgan taklif va fikrlar tinglandi.
📌 Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli fikr va takliflar umumlashtirildi.