#DeputatNazorati
#Bozorlarda aholi iste'moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B. Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Eshov tomonidan tumandagi bozorlarda aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
🍞O‘rganish davomida, avvalo, aholi iste'molida muhim o‘rin tutadigan un, o‘simlik yog‘i va non mahsulotlari narx-navosining barqarorligi hamda ushbu mahsulotlarning bozorlarda yetarli miqdorda mavjudligiga alohida e'tibor qaratildi.
🔷Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, savdo sharoitlari va mahsulotlar ta'minoti holati ham o‘rganildi. Monitoring yakunlari bo‘yicha aholini sifatli va asosiy iste'mol mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash masalalari deputatlik nazoratida ekani qayd etildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube