35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala dastlabki tarzda muhokama qilindi
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
#kotibiyat_faoliyati

#kotibiyat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Hududiy saylov komissiya raisi o‘rinbosari D.Shoismanov bilan birgalikda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiya raislari, deputatlik guruhi rahbarlari va siyosiy partiya raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahalliy Kengash deputatlari va doimiy komissiyalar faoliyati bilan bog‘liq faoliyatni faollashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Jumladan, doimiy komissiyalar tomonidan qarorlar yozishda tavsiya etilgan namunaga rioya qilish, deputatlarning o‘z okruglarigi chiqqanda aholini qiynab kelayotgan asosiy masalalar yo‘nalishi, deputatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, deputatlar tomonidan sessiyaga kiritiladigan masalalar bo‘yicha oldindan o‘z okurgida aholi bilan uchrashib o‘rganish ishlari, deputat okrugga chiqib aholiga axborot berishidan oldin Kotibiyat tomonidan unga o‘tgan yili mahallada qilingan ishlar va keyingi yil rejalari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar taqdim etishi lozimligi, har bir deputat mahallalarda bo‘lganida o‘zining "Ko‘chama-ko‘cha" daftarini yuritib, xonadonma-xonadon yurib muammolarni qayd etib borishi kabi masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berilib deputatlarni o‘z okruglarida faollashishga chaqirishdi.

Slide 1 of 3