Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala dastlabki tarzda muhokama qilindi
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun" chora-tadbirlari doirasida, Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Bo‘ston tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Matlubaxon Tuychiyeva ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
Bolalar hayoti va salomatligi — eng ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
“Zaminobod” mahallasidagi muammolar o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Aholi murojaatlari deputat nazoratida: “Zaminobod” mahallasidagi muammolar o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev o‘z saylov okrugiga kiruvchi “Zaminobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi. Uchrashuvda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi mas’ullari, mahalla yettiligi a’zolari va fuqarolar ishtirok etdi.

💬 Muloqot davomida aholi tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga oid qator masalalar ko‘tarildi. Xususan, Marg‘ilon ko‘chasi va Marg‘ilon tor ko‘chasida qariyb 800 metr uzunlikdagi oqava suv tarmoqlari (kanalizatsiya) tizimini barpo etish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur hududda kanalizatsiya tarmog‘ining mavjud emasligi sanitariya-gigiyena holatining yomonlashishiga, fuqarolar salomatligi va turmush sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

🔎 Shuningdek, fuqaro Mahliyo Sagdiyeva tomonidan hovli hududidan o‘tgan tabiiy gaz quvurini xavfsizlik nuqtayi nazaridan tashqariga ko‘chirish bo‘yicha murojaat bildirildi. Deputat tomonidan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

🗣 O‘rganish jarayonida mahalladagi ichki infratuzilma holati, aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, sanitariya sharoitlarini yaxshilash hamda fuqarolar uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan hududlarni joyiga chiqib o‘rganish va aholi muammolariga manzilli yechim topish vazifalariga to‘liq mos keladi.

📨 Uchrashuv yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi va masalaning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6