Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala dastlabki tarzda muhokama qilindi
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun" chora-tadbirlari doirasida, Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Bo‘ston tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Matlubaxon Tuychiyeva ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
Bolalar hayoti va salomatligi — eng ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
DEPUTAT TOMONIDAN AHOLI XAVFSIZLIGI VA INKLYUZIV MUHITNI TA’MINLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Kamol Qozimovich Xamrayevga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘roviga Chilonzor tumanidagi “Tirsakobod” va “Beshqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisidan kelib tushgan murojaatlar asos bo‘lgan.

Murojaatlarda Toshkent–Samarqand yo‘nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi poyezdi yo‘li kesishmalarida barpo etilgan yangi piyodalar o‘tish joylaridan foydalanishda qator muammolar mavjudligi qayd etilgan.

Xususan:

🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur sharoitlar yetarli darajada yaratilmagan;

🔹 yoshi ulug‘ fuqarolarning o‘tish joylaridan foydalanishi qiyinlashgan;

🔹 bolalar aravachasi bilan harakatlanuvchi ota-onalar uchun qulayliklar yetishmaydi;

🔹 harakatlanishi cheklangan fuqarolar uchun zamonaviy panduslar va ko‘tarish moslamalari (lift yoki maxsus platformalar) mavjud emas yoki yetarli darajada jihozlanmagan;

🔹 amaldagi holat ayrim hollarda fuqarolar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputat so‘rovida mazkur piyodalar o‘tish joylarining texnik holatini o‘rganish, ularning amaldagi qurilish me’yorlari, shaharsozlik talablari hamda inklyuziv muhit standartlariga muvofiqligini tahlil qilish zarurligi alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, o‘rganish natijalari asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, bolalar aravachasi bilan harakatlanuvchi ota-onalar hamda boshqa harakatlanishi cheklangan fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida piyodalar o‘tish joylarini zamonaviy infratuzilma vositalari bilan jihozlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.


Fuqarolar uchun qulay, xavfsiz va to‘siqsiz muhit yaratish, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini ta’minlash mahalliy Kengash deputatlarining doimiy e’tiboridagi ustuvor masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 2