Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash raisi — M.Tuychiyeva olib bordi.
янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
янв.21
🌱🚜 Bo‘ston tumanida paxta parvarishi ishlari o‘rganildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva tomonidan saylov okrugi hududida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
"Mustaxkam oila - jamiyat poydevori" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.
"Mustaxkam oila - jamiyat poydevori" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi

📌 Bugungi kunda mamlakatimizda oilalar farovonligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tarbiyasi hamda sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, baxtli va mustahkam oila — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim poydevoridir.

☀️ Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Olmazor tumanidagi "Quyosh" mahalla fuqarolar yig‘inida
15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Mustaxkam oila - jamiyat poydevori" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.

💫 Madaniy-ma'rifiy tadbirda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari F.Salomova, U.Fayziyeva, M.Hamroqulov, “O‘zbekiston” nashriyoti bosh muharriri, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi, tarjimon shoir Muhiddin Omon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrining akstrisasi, ustoz sanʼatkor - Sh.Mansurova, Olmazor tuman Xotin-qizlar markazi bosh psixologi U.Atabayeva, tuman ma'sullari va Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari B.Xoliqjonova, U.Shopotixov hamda partiya vakillari ishtirok etdilar.

⭐️ Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Oilaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yoritish, Ota-ona va farzandlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash, Milliy qadriyatlar va oilaviy anʼanalarni targ‘ib qilish turli avlod vakillari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodni katta hayot tajribasiga ega insonlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Uchrashuv yakunida hayotiy tajribalar, ibratli voqealar, mehnat faoliyatida orttirilgan bilim va ko‘nikmalar haqida samimiy suhbatlar olib borildi.

💬 Xalq vakillari tadbir davomida o‘zlarining hayotiy tajribalari, ibratli maslahatlari va ezgu tilaklari bilan ishtirokchilarga ma’naviy kuch va ilhom ulashdibgina qolmay, barcha xonadonlarga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka, mehr-oqibat va baxt-saodat, farzandlar kamolini, barcha oilalarga doimo quvonch va totuvlik yor bo‘lishini tilab qoldilar.

📣 Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tib, oila qadriyatlarini asrab-avaylash, keksalarni e’zozlash va avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Slide 1 of 8