Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala dastlabki tarzda muhokama qilindi
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun" chora-tadbirlari doirasida, Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Bo‘ston tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Matlubaxon Tuychiyeva ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🍽 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 472-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilmoqda.

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda Shovot tuman SEO va JSB xodimi M. Rahimova tomonidan tumandagi 16-son hamda 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan ovqatlantirish tizimi o‘rganildi.

🥗 O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holati, shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

✅ Sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish hamda belgilangan talablar asosida faoliyatni davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6