35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala dastlabki tarzda muhokama qilindi
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — inson qadri uchun

 Ijtimoiy himoya — inson
qadri uchun
 

Xalq deputatlari Piskent
tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, 22-Guliston saylov okrugi
deputati R.Muxtorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova
tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati hamda aholining ehtiyojmand
qatlamiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak samaradorligi o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida hududning
ijtimoiy manzarasi va amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi:
 

Ijtimoiy holat: Mahallada 140
nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Shuningdek, 56 ta kam
ta’minlangan oila mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy ahvoliga ko‘ra toifalarga
ajratilgan:
 

22 tasi — davlat
ta’minotidagi oilalar;
 

26 tasi — kambag‘al oilalar; 

8 tasi — kambag‘allik
chegarasidagi oilalar.
 

Manzilli yordam: O‘rganish
davrida ijtimoiy xodim va mahalla yettiligi tomonidan ko‘rsatilgan amaliy
ko‘maklar aniqlandi:
 

8 ta ehtiyojmand oilaga hamda
4 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi;
 

1 nafar nogironligi bo‘lgan
fuqaroga belgilangan tartibda moddiy yordam tayinlandi.
 

Deputatlar ijtimoiy
nafaqalarning o‘z vaqtida va adolatli tayinlanishi, moddiy yordamga muhtoj
fuqarolarning birontasi ham e’tibordan chetda qolmasligi zarurligini alohida
ta’kidladilar.
 

"Ijtimoiy xodimning
vazifasi — har bir muhtoj xonadonga kirib borish va ularning dardini tinglash.
Bizning maqsadimiz esa ushbu tizimning sifatli va to‘laqonli ishlashini
ta’minlashdir", — dedi R.Muxtorova.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 1