35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
Mahalla muammolari o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 2-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan O‘zMTDP deputati K.Shukurov “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O.Xolmatova ishtirokida hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish ishlari olib bordi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘p qavatli 74-uyning orqa qismida joylashgan 7 ta kanalizatsiya qudug‘i qopqoqlarsiz
holatda ekani aniqlanib, ushbu holat aholi, ayniqsa bolalar va piyodalar xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgani ta’kidlandi. O‘rganish yuzasidan deputat, mahalla raisi bilan mazkur muammoni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar e’tiborini jalb etish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida deputatlik so‘rovi chiqarish belgilab olindi.
Hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish orqali aholi uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratish ustuvor vazifa ekani alohida qayd etildi.  

Slide 1 of 2