35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva, kotibiyat xodimlari hamda mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Bog‘i eram mahalla fuqarolari yig‘ini, Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasi iste’moli yuzasidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi hududidagi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minoti yuzasidan qilgan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Bo‘ston tumanida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat R.Sodiqova qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi tomonidan yangi ish haftasidagi rejalar muhokama qilindi.
янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

💊 Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

📝 Xalq deputatlari tuman Kengashining 15-Badaxshon saylov okrugi deputati N.Djumayeva tomonidan Loyqasoy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati atroflicha o‘rganildi.

📊 O‘rganish jarayonida bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati, ularning hududlar kesimidagi mavjudligi, dorixona hamda tibbiyot muassasalariga yetkazib berish tizimi, retsept asosida berish amaliyotining samaradorligi batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, aholining mazkur xizmatlar bo‘yicha xabardorlik darajasi, ulardan foydalanish imkoniyatlari, elektron axborot tizimlari orqali hisobga olish va nazorat mexanizmlarining holati, kelib tushgan murojaatlar va shikoyatlar hamda ularning ko‘rib chiqilish darajasi alohida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizim samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.