35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda ekspertlar guruhi hamkorligida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
QAROR IJROSI — DOIMIY NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-22-46-1-19-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kengash raisi M.Tuychiyeva va doimiy komissiya raisi Sh.Mamarizayev tomonidan nazorat tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi tashabbuslari — mahalla taraqqiyoti sari muhim qadam
янв.21
Aholi tashabbuslari — mahalla taraqqiyoti sari muhim qadam
янв.21
O‘rganish natijalariga ko‘ra, loyiha doirasida olib kelingan mahsulotlar belgilangan maqsadlar asosida foydalanishga mo‘ljallangani, ularning saqlanishi va amaliyotga joriy etilishi holati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan deputatlik nazorati tartibida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va belgilangan chora-tadbirlar aholi tomonidan ijobiy qarshi olindi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Yovqachar mahalla fuqarolar yig‘ini faolining madaniy meros obyektlari bilan bog‘liq murojaati tinglandi.

Muloqot davomida madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ularni saqlash holati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Murojaatda obyektlarning bugungi holati, ulardan samarali foydalanish hamda ularni kelajak avlod uchun saqlab qolish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Kotibiyat mudiri A.Ermatov murojaatda ko‘tarilgan masalani atroflicha o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qonunchilik asosida amaliy choralar ko‘rish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, tarixiy va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda ularning saqlanishini ta’minlash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Yakunda murojaatda bayon etilgan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda o‘rganish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3