Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Mahalla raisi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Tuproqqo‘rg‘on"da hududiy o‘rganishlar

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

💬 O‘rganish markazida — obodlik va murojaatlar ijrosi:

🔅Mahalla obodligi: Deputatlar mahalladagi ichki ko‘chalar, ariqlar va daraxtlarning holati, hududning sanitariya-gigiyenik ko‘rinishini ko‘zdan kechirdilar. Mahalla raisining obodonlashtirish ishlarini tashkil etishdagi faolligi tahlil qilindi.

🔅Fuqarolar murojaatlari: O‘rganish davomida aholi bilan bevosita muloqot qilindi. Rais tomonidan fuqarolarning muammolari qanchalik tezkorlik va sifat bilan o‘rganilayotgani, ayniqsa, infratuzilma va ijtimoiy masalalardagi murojaatlarning amaliy yechimi bilan o'rganildi.

📌O‘rganish jarayonida mahalla raisiga hududning tartib-intizomini yanada yaxshilash, "xonadonbay" xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholi bilan qayta aloqani mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4