Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
"24-tavsiya" ijrosi nazoratda: "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida tashkil etildi. 

💬 Tahlil markazida "mahalla yettiligi"ning quyidagi vakillari faoliyati bo‘ldi:

✔️Mahalla raisi: Hududda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va aholi murojaatlari bilan ishlash holati;

✔️Hokim yordamchisi: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish, imtiyozli kreditlar ajratish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi natijadorlik;

✔️Xotin-qizlar faoli: Ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, "Ayollar daftari" bilan ishlash hamda oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

💬O‘rganish davomida mas’ullarning I chorakdagi faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalarni sifatli bajarish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2