📌 Deputat va maktab jamoasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N. Himmatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “Nurtepa” mahallasidagi 70-sonli umumta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazildi.
🏫 Uchrashuv davomida maktab jamoasi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ta’lim sifati, moddiy-texnik baza hamda o‘quv jarayonidagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, maktabdagi sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
📝 Bildirilgan taklif va murojaatlar asosida masalalarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.