Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
Boyovut tumanida 5-sonli maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Boyovut tumanida 5-sonli maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, 2026-yil 28-aprel kuni ijtimoiy muammolarni o‘rganish doirasida joylarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari yuzasidan monitoring tadbirlari amalga oshirildi.

🏫 Shu maqsadda tumandagi 5-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📑 Ma’lumot uchun:

 • Buyurtmachi: “Sirdaryo viloyati yagona buyurtmachi xizmati” DM

 • Pudratchi: “Guliston Qor‘g‘on Baraka Qurilish Montaj” MCHJ

 • Loyihachi: “JF ARCH CREATIVE” MCHJ

 • Obyekt nomi: Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 5-sonli maktabni mukammal ta’mirlash

 • Qurilish ishlarining boshlanishi: 07.04.2026 yil

 • Qurilish ishlarining tugallanishi: 05.10.2026 yil

🤝 O‘rganish jarayonida Kengash raisi O.Isanov, Kengash kotibiyati mudiri X.Berdiyarova, tuman Kengashi deputati X.Juraxolovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Sharopov ishtirok etib, olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va ta’lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlar holatini o‘rganishdi.

📊 Mazkur monitoring ishlari ta’lim infratuzilmasini yaxshilash hamda qurilish ishlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8