Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkiy dunyo birdamligi: barqarorlik va taraqqiyot kafolati
янв.21
Munosabat
янв.21
Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati: Maktablarda «Dolzarb 90 kunlik» tadbirlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘lkashunoslik sayohati – tarix va taassurotlarga boy kun!
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala dastlabki tarzda muhokama qilindi
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun" chora-tadbirlari doirasida, Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Bo‘ston tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sanobarxon Nosirova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Matlubaxon Tuychiyeva ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
Bolalar hayoti va salomatligi — eng ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov kunlik Ish rejaga asosan tuman Kengashi deputati Ollomurodov Otabek saylangan 14-Xalqabod saylov okrugiga qarashli “Yangi hayot” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Navbatdagi ushbu o‘rganishda mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Shu bilan birga mahalladagi mavjud muammolar, ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tuman Kengashi kotibiyati xodimi tomonidan mahallada ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining dolzarb muammolarini tizimli hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda barcha masalalar nazoratga olindi.

Slide 1 of 5