Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Muammoga yechim yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Y.Berdiyarov tomonidan Andijon mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tizimini yaxshilash masalasi yuzasidan aholidan tushgan murojaatlar o‘rganilib, mazkur muammo bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan edi.

Hozirda ushbu murojaatlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar boshlangan bo‘lib, deputat tomonidan hududda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish davomida ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga ishlarni sifatli bajarish, aholiga qulaylik yaratish hamda muammoni to‘liq bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 3