Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
🔰Jamoatchilik nazorati.

🔻Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov tomonidan “Bir mahalla – bir tashabbus” loyihasi doirasida Jizzax shahrida ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔻 Jarayonda shahardagi “Ittifoq” MFY aholiga xizmat ko‘rsatayotgan boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati tahlil qilindi. Jumladan, uy-joylarning texnik holati, obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi hamda to‘lov intizomi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔻O‘rganishlar davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda boshqaruv tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, masʼul tashkilotlar va boshqaruv kompaniyalariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4