Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
Hudud muammolari e’tibor markazida - Tepaqo‘rg‘on MFY o‘rganildi

Hudud muammolari e’tibor markazida - Tepaqo‘rg‘on MFY o‘rganildi

Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining 25-“Qo‘rg‘on” saylov okrugi deputati Hamitova Galina Gennadievna tomonidan “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi atroflicha o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida hudud infratuzilmasi, ijtimoiy obyektlar holati hamda fuqarolar murojaatlari asosida mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan 1A va 50A uylar oldida joylashgan bolalar maydonchalari bugungi kunda ta’mirtalab holga kelib qolgani, mavjud jihozlar eskirgani va bolalar uchun xavfsiz emasligi alohida ta’kidlandi. Ushbu maydonchalarni to‘liq ta’mirlash, zarur hollarda yangilash masalasi aholi tomonidan eng dolzarb muammolardan biri sifatida ko‘tarildi.

Shuningdek, hududdagi 1730-sonli transformator punktining texnik holati ham e’tibordan chetda qolmadi. Mazkur obyektni to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda yakunlash hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida atrofini mustahkam to‘siqlar bilan o‘rash zarurligi qayd etildi. Bu boradagi kamchiliklar nafaqat elektr ta’minoti sifatiga, balki fuqarolar xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, hududda olib borilgan yer qazish ishlari natijasida buzilgan yo‘l qoplamalarini qayta tiklash, ya’ni qazilgan joylarni asfalt qoplama bilan yopish masalasi ham murojaatlarning asosiy qismini tashkil etdi. Ushbu muammo aholining kundalik harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani va zudlik bilan hal etilishi zarurligi bildirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi Ikromov To‘shpo‘lat Ergashovich ham ishtirok etib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shunga qaramay, ayrim masalalar yechimi ortga surilib kelayotgani tanqidiy baholandi.

Mazkur o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, hududda mavjud muammolar asosan infratuzilma va xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lib, ularni hal etishda mas’ul tashkilotlarning tizimli va tezkor yondashuvi talab etiladi.

Yakuniy xulosa sifatida, yuqorida ko‘tarilgan ikki asosiy masala — bolalar maydonchalarini ta’mirlash va transformator punktini tartibga keltirish yuzasidan deputatlik so‘rovi chiqarish belgilandi.

Slide 1 of 5