Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
Chinoz Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Mirsoat Mirsodiqov, Hikmatilla Hafizov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Elyorjon Saidov tomonidan tumandagi Sport maktabi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sport maktabining moddiy-texnik bazasi, mavjud shart-sharoitlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayoni ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, murabbiylar faoliyati, sportchilar erishayotgan natija va vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot olib borildi.

O'rganish davomida mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5