Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Payshanba-yoshlar bilan ochiq muloqot kuni bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasida tumanda ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tuman Kengashining 2026 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodiqova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Qodirov o‘z saylov okrugidagi Yakkatol mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi masalalarini nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Payshanba – “Yoshlar bilan uchrashuv” kuni
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA IJRO NAZORATDA
Yashil hududlar – shahar rivojining ajralmas qismi

Yashil hududlar – shahar rivojining ajralmas qismi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ilgari surilgan muhim tashabbus yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, shahar va hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish yo‘lidagi izchil siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Ushbu tashabbus nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki aholi salomatligini yaxshilash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va kelgusi avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi va ekolog sifatida ta’kidlamoqchimanki, bu kabi loyihalar joylarda amaliy harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlanishi zarur. 

Ayniqsa: 

— daraxt ekish ishlarini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish;

— ko‘chatlarni parvarishlash va saqlash tizimini kuchaytirish;

— aholini, ayniqsa yoshlarni ekologik madaniyatga jalb etish;

— har bir mahalla darajasida “yashil hudud”larni kengaytirish muhimdir.

Olmazor tumanida ham “Yashil makon” loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil davom ettiriladi. Biz nafaqat daraxt ekish, balki ularning yashnab ketishi uchun mas’uliyatli tizimni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratamiz.

Shuningdek, mazkur tashabbus doirasida deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim yangiliklar ham belgilandi. Xususan, joriy yildan boshlab Qonunchilik palatasining har bir deputatiga o‘z saylov okrugida “yashil hudud” va “yashil bog‘”lar barpo etish uchun 412 million so‘mdan mablag‘ ajratilishi belgilanmoqda.

Bu, o‘z navbatida, deputatlarning hududlardagi ekologik islohotlardagi amaliy ishtirokini yanada kuchaytiradi, aholi bilan hamkorlikda aniq va manzilli loyihalarni amalga oshirish imkonini kengaytiradi.

Shu bilan birga, “Mening bog‘im” dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar miqdorining 400 million so‘mgacha oshirilishi ham joylarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqadi. 

Bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, har bir hududda aholiga qulay, ekologik barqaror “yashil makon”lar yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi. Chunki atrof-muhitni asrash — bu faqat davlat yoki tashkilotlar vazifasi emas, balki har bir fuqaroning burchidir.

Umarxodjayeva Shaxnoza, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi

Slide 1 of 1