Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

USHBU QAROR — BIZ BILISHIMIZ KERAK BO‘LGAN MUHIM ISHLAR VA MAHALLA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORALARI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

Mahallalar faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida 

 Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyovning 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qaroriga muvofiq, mahalla institutining jamiyatdagi rolini oshirish va “mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyatini fuqarolar yig‘ini oldida samarali hisob berish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida qabul qilindi.

Asosiy vazifalar va chora-tadbirlar:

1. “Mahalla yettiligi” a’zolarining hisoboti:

Har chorak yakunida fuqarolar yig‘ini oldida hisob berish.

Hisobot davomida davlat, xizmat va soliq sirlarini hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish.

2. Fuqarolar yig‘ini oldida hisob berish yo‘nalishlari:

Mahalla obodligi, infratuzilma, ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish.

Kam ta’minlangan oila, yetim va nogiron bolalarga yordam.

Bayram va ommaviy tadbirlarni tashkil etish.

Tadbirkorlik va bandlikni qo‘llab-quvvatlash.

Fuqarolarning muammolarini hal etish va jamoatchilik nazorati.

3. Kuchaboshi va uyboshilar faoliyati:

Mahalla hududidagi ko‘cha va uylar bo‘yicha ruyxatlarni shakllantirish.

Obod mahalla va bolalar maydonchalarini tashkil etishga takliflar kiritish.

Nogiron va yolg‘iz keksalarga, muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish.

Energiya va suvdan tejamkor foydalanishni targ‘ib qilish.

4. Mahalla yettiligi a’zolari bo‘yicha mas’uliyat:

Har chorak yakunida hisob berish.

Hisobot natijalariga qarab fuqarolar yig‘ini qarorlari bilan rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar qo‘llash.

Hisobot bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlar faoliyati nazorat qilinadi.

5. Hisobotni tashkil etish va vaqt jadvali:

Fuqarolar yig‘ini har chorak yakunida, keyingi oyning 10-sanasigacha o‘tkaziladi.

Qarorlar 3 kun ichida tegishli tashkilotlarga taqdim qilinadi.

Hisobot natijalari bo‘yicha davlat organlari 15 kun ichida javob beradi.

6. Qo‘shimcha chora-tadbirlar:

Yoshlar, xotin-qizlar, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini rag‘batlantirish.

Mahallada bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.

Oila va ijtimoiy muammolarni hal etish, nogiron va kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash