Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
Yo‘l xaritalari ijrosi deputat nazoratida

Yo‘l xaritalari ijrosi deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” doirasida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi manzilli o‘rganilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K.Abdullayeva, kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda bosh mutaxassis T.Murodov tumandagi “Nurafshon” MFY hududiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Hududda toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur loyiha doirasida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish uchun quvurlar (trubalar) olib kelinib joylashtirilgan bo‘lib, qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich davom etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, piyodalar yo‘lakchasi qurish hamda energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlari yakuniga yetgan. Yangi piyodalar yo‘lakchasi hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratib, u yerda skameykalar, chiqindi tashlash uchun maxsus konteynerlar, shuningdek ko‘zi ojiz fuqarolar uchun maxsus taktil plitalar o‘rnatilgan.

Tashrif davomida Termiz tumani hududidagi 25-sonli maktabni rekonstruksiya qilish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish hamda maktab hududini to‘liq o‘rash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani, obyektni 1-avgustga qadar topshirish rejalashtirilgani, shu bilan birga uni muddatidan avval foydalanishga topshirish uchun faol ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9