Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
Ichki ko‘cha yo‘llari va yoritish holati o‘rganildi

Ichki ko‘cha yo‘llari va yoritish holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 25-Bobodo‘g‘i saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Tilavov Otabek Norpulotovich Oqrabot mahallasida bo‘ldi.

Deputat hududdagi ichki ko‘cha yo‘llari holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilishi masalalarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

O‘rganish jarayonida Oqrabot mahallasi raisi Hamidov Alisher Shokirovich bilan hamkorlikda mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga amaliy chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha deputat so'rovlari tayyorlanmoqda.

Slide 1 of 3