Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
янв.21
Payshanba-yoshlar bilan ochiq muloqot kuni bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasida tumanda ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tuman Kengashining 2026 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Kengash_faoliyati

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI FAOLIYATI

✅Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashining Аgrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi KOMISSIYASI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✅Kun tartibidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarorining tumandagi ijrosi bo'yicha Bandixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori hisoboti komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.

✅Doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rilgan masala yuzasidan fikr mulohazalar eshitilib, o‘z fikrlari va takliflarini bildirdilar yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 4