Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Payshanba-yoshlar bilan ochiq muloqot kuni bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasida tumanda ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tuman Kengashining 2026 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodiqova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Qodirov o‘z saylov okrugidagi Yakkatol mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi masalalarini nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Payshanba – “Yoshlar bilan uchrashuv” kuni
🛡Nurafshon shahrida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari deputatlarimiz tomonidan tizimli o‘rganilmoqda.

🛡Nurafshon shahrida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari deputatlarimiz tomonidan tizimli o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K. Umarboyev hamda shahar Kengashi deputatlari L. Nam va D. Safarovalar #mahalladagi_ijtimoiy xodim faoliyati va fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

O‘rganish davomida quyidagi ustuvor vazifalar tahlil qilindi:

🔍 Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi;

✅ Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonining adolatliligi;

📋 Ijtimoiy xizmatlarning ayniqsa ko‘makka muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘z vaqtida yetib borishi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3