Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
янв.21
Payshanba-yoshlar bilan ochiq muloqot kuni bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasida tumanda ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tuman Kengashining 2026 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodiqova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Qodirov o‘z saylov okrugidagi Yakkatol mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi masalalarini nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Payshanba – “Yoshlar bilan uchrashuv” kuni
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA IJRO NAZORATDA
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi huziridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur guruh yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Yig‘ilish davomida:

 yoshlar muammolarini aniqlash va yechimlar ishlab chiqish

 qonunchilik tashabbuslarida ishtirok etish

 hududiy dasturlarga takliflar kiritish

 yoshlar bilan ochiq muloqotlarni kuchaytirish

kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining huquq va majburiyatlari ham muhokama qilindi.

 Ushbu tashabbus yoshlarning ovozini eshitish, ularni qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Kelgusida mazkur guruh faoliyati orqali Samarqand yoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1