Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
янв.21
Payshanba-yoshlar bilan ochiq muloqot kuni bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasida tumanda ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tuman Kengashining 2026 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodiqova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Qodirov o‘z saylov okrugidagi Yakkatol mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi masalalarini nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Payshanba – “Yoshlar bilan uchrashuv” kuni
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA IJRO NAZORATDA
xaftalik ish reja

🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI KOSONSOY TUMANI KENGASHI

🖍 HAFTALIK ISH REJA IJROSI

(30-mart – 3-aprel)

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi tomonidan 30-martdan 3-aprelga qadar hududlarda quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

🗓 30-mart — Dushanba

“25 – Chorbog‘” saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👤 Mas’ul: K. Mirahmedov

🗓 31-mart — Seshanba

🏛 “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilishi yuzasidan qat’iy nazoratni davom ettirish, shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish va suv resurslari bilan ta’minlashdagi muammolarni o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

👤 Mas’ullar: Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat mudiri D. Valiyeva hamda bosh mutaxassis H. Sharipov

🗓 1-aprel — Chorshanba

📝 “23 – Sa’diy Sheroziy” saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👤 Mas’ul: Z. Nuriddinov

🗓 2-aprel — Payshanba

📝 Payshanba – deputatlar kuni munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holati ko‘rib chiqildi, tahlil ishlari amalga oshirildi hamda tegishli qarorlar qabul qilish masalalari muhokama qilindi.

👤 Mas’ullar: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D. Valiyeva va bosh mutaxassis H. Sharipov

🗓 3-aprel — Juma

📝 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli qarori asosida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” nazorat-tahlil ishlari o‘tkazildi.

👤 Mas’ullar: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman bo‘limi raisi Sh. Jalolov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D. Valiyeva, bosh mutaxassislar D. Dadaboyev va H. Sharipov

Slide 1 of 8