Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
#doimiy_komissiya

Doimiy komissiya vakolatlari:

mahalliy Kengash tomonidan rejalashtirilayotgan dasturlarni, shuningdek hududda qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

 korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalarga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

 hududda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganadi hamda ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

 korrupsiya ko‘rinishlarining namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga muntazam ravishda axborot kiritib boradi;

 o‘z vakolatiga taalluqli bo‘lgan mahalliy Kengashning dasturlari va hokim qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqishda qatnashadi va xulosalar beradi;

 hokimlik bo‘limlari va boshqarmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek xalq qabulxonasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mintaqaviy vakili, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakili, prokuratura, majburiy ijro byurosi, ichki ishlar, adliya organlari rahbarlarining komissiya vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha dastlabki tarzda komissiya majlislarida hisobotlarini (axborotlarini) eshitadi, ular bo‘yicha yakuniy xulosa tayyorlaydi hamda mazkur masalani sessiya muhokamasiga kiritadi;

 hokimning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, tegishli mahalliy Kengash qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi;

 hokimning mahalliy Kengashning qonunchilikka zid qarorlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taqdimnomasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi;

 mahalliy davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan, mahalliy davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ochiqlikni ta’minlash borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotlarini (axborotlarini) eshitadi;

 axborot siyosati, mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlashga doir masalalar yuzasidan o‘rganishlar olib boradi;

 o‘z vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi, zarur hollarda davlat organlari va tashkilotlariga so‘rovlar yuboradi;

 vakolati doirasida ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi;

 taalluqli boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ijrosini nazorat qiladi, tavsiyalar beradi va zarur hollarda mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini sessiyada ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va hududdagi xavfsizlik masalalarini ta’minlash bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)