Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
Ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganilmoqda va muhokama qilinmoqda

Ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganilmoqda va muhokama qilinmoqda

👨‍👩‍👦 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputati B. Bo‘tayeva tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini o‘rganish doirasida ta’lim tizimi mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👥 Uchrashuv davomida ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.

🔹Xususan:

 - “Sariq” va “qizil” toifaga tushib qolgan maktablar, ularning kelib chiqish sabablari

 - Ushbu toifalardan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar

 - Maktablarga tashrif buyurib, mavjud holat bilan tanishish masalalari keng muhokama etildi.

📝 Shuningdek, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

⚡️Bunday uchrashuvlar ta’lim tizimidagi muammolarni joyida o‘rganish, ularni bartaraf etish va sifatni oshirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3