Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
янв.21
Payshanba-yoshlar bilan ochiq muloqot kuni bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasida tumanda ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tuman Kengashining 2026 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Yerdan foyda topib daromad qilayotgan tadbirkor faoliyati

 Xalq deputatlari Koson tumani Kengashiga 17-Po‘lati okrugidan saylangan deputat Zayni Shukurov Istiqlol mahallasida yashovchi tadbirkor Saidov Zavqiddinni xonadonida bo‘lib, tomorqa yer maydonidan foydalanish holati bilan tanishdi. 

Z.Sanayev tomorqa yer maydonidagi issiqxonada oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirada, yerdan yiliga ikki marta hosil olmoqda. 

Provard natija oila daromadini oshishi va bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga hissa qo‘shmoqda. 

Issiqxonani kengaytirish va bu borada Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va imtiyozlar hamda ekin turlarini ko‘paytirish to‘g‘risida maslahatlashildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining
2024 yil 6 avgustdagi 486-sonli qarori mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.
  

Slide 1 of 3