Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
янв.21
Payshanba-yoshlar bilan ochiq muloqot kuni bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasida tumanda ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tuman Kengashining 2026 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida

 Sayyor qabul — aholi
muammolariga yechim topish yo‘lida
 

  

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ilhomjon Abduraxmonov tomonidan O‘zbekiston
MFY hududida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqot
tashkil etildi.
 

🔷 Uchrashuv davomida aholi tomonidan
elektr ta’minotini yaxshilash, xususan O‘zbekiston va Omadli ko‘chalaridagi transformator
punktining eskirgani hamda aholi soni ortib borayotgani sababli qo‘shimcha transformator
o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etishga qaratilgan taklif va murojaatlar ham bildirildi.
 

🔷 Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan
tegishli idora va tashkilotlar mas’ullariga aniq vazifalar belgilab berildi. Barcha
murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi ta’minlanishi doimiy ravishda
kuzatib borilishi ta’kidlandi.
 

Sayyor qabullar aholi bilan muloqotni
mustahkamlash, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga amaliy yechim
topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 

  

Telegram | Facebook | YouTube  

Slide 1 of 3