Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
янв.21
📌 Bo‘ston tumanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir
янв.21
Yoshlar — kelajagimiz poydevori! 💪
янв.21
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan “Maorif” MFYda xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Dusmatova Mohim tomonidan aholi o‘rtasida ichimlik suvini tejash, suv o‘lchagichlarini o‘rnatish hamda isrofgarchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi tibbiyot texnikumida “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Бўстон тумани Кенгашининг 21-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
#deputatlik_soʻrovi

📌 Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashi deputati  Dauletnazarova Raya Kurbanbaevna tumanimizda yashovchi fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, uy-joy kommunal xizmatlari va infratuzilma masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

🏥 Qo'ng'irot tumani tibbiyot birlasmasi boshlig‘i v.v.b O.Polatovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat: 

📍 Qo'ng'irot tumani "Elabat" ShFY fuqarolarining murojaatlarini o'rganish, mavjud muammolarga yechim topish hamda tegishli choralar ko'rish maqsadida mazkur hudud fuqarolari bilan uchrashuv bo'lip o'tdi.

📁 Uchrashuv  davomida fuqarolar tomonidan "Elabat" ShFY hududida dorixona va stamatalogiya xizmatlari yo'qligi hamda tez yordam avtotransporti yetishmovchiligi to'g'risida murojaatlar kelib tushgan.

🔹 Yuqoridagilardan kelib chiqib "Elabat" ShFY hududida joylashgan poliklinika binosida  dorixona va stamatalogiya xizmatlarini tashkillashtirish hamda tez yordam avtotransporti yetishmovchiligi masalalarini tegishli tartibda ko'rib chiqib natijasi to'g'risida ma'lumot berishini so'radi 

 Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati

https://t.me/Kungraddeputat

Slide 1 of 1