Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Open budjet 2026-yil 1-mavsumida tashabbuskorlar tomonidan kiritilgan loyihalari muhokama qilindi
янв.21
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani yanada takomillashtirish — ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
янв.21
Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholining bandlik holati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Yoshlar masalalari — doimiy e’tiborda
янв.21
Payshanba – “Yoshlar kuni”: muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash
MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining аgrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan shahar hududini obodonlashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi. 

Jumladan, Urganch shahar hududidagi Obodonlashtirish boshqarmasiga biriktirilgan avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish, tuproq ko‘chalarni shag‘allashtirish hamda ta’mirlash tadbirlarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, aholiga ko‘rsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflarining miqdorini tasdiqlash bo‘yicha ham tegishli takliflar muhokama etildi. 

Mazkur masalalarni muhokama qilish jarayonida Kengash raisi P.Ro’ziboyev doimiy komissiya majlisda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi va tegishli qarorlar qabul qilinib, shahar hududida obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. 

Urganch shahar Kengashi axborot xizmati 

Slide 1 of 2