Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Open budjet 2026-yil 1-mavsumida tashabbuskorlar tomonidan kiritilgan loyihalari muhokama qilindi
янв.21
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani yanada takomillashtirish — ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
янв.21
Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholining bandlik holati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Yoshlar masalalari — doimiy e’tiborda
янв.21
Payshanba – “Yoshlar kuni”: muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

⚡️ Deputatlik so‘rovi asosida amaliy ishlar bajarildi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 22-Bo‘ston saylov okrugi deputat A. To‘xtashov tomonidan 2026-yil 13-fevraldagi 18-ds-406-26-sonli deputatlik so‘rovi Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasiga yuborilgan edi.

Mazkur so‘rov “Oyinli” mahallasi Beshkapa qishlog‘i Mustaqillik 1 ko‘chasida joylashgan yog‘och elektr ustunlarini beton ustunlarga almashtirish masalasiga oid bo‘lgan.

Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, korxona xodimlari tomonidan hududda zarur ishlar amalga oshirilib, Mustaqillik 1 ko‘chasidagi 16 dona yog‘och elektr ustuni o‘rniga yangi beton ustunlar o‘rnatildi.

Ushbu ishlar hudud aholisini barqaror, sifatli va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4