Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Open budjet 2026-yil 1-mavsumida tashabbuskorlar tomonidan kiritilgan loyihalari muhokama qilindi
янв.21
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani yanada takomillashtirish — ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
янв.21
Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholining bandlik holati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Yoshlar masalalari — doimiy e’tiborda
янв.21
Payshanba – “Yoshlar kuni”: muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tuman tibbiyot birlashmasida fuqarolarni qabul qildi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rgandi.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva fuqarolarning sog‘liqni saqlash tizimiga oid murojaatlari, dori-darmon ta’minoti, shifokorlar qabuliga yozilish, tibbiy ko‘riklar sifati va davolanish jarayonlari bilan bog‘liq masalalarni o'rgandi. 

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, deputat tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasi, mavjud sharoitlar, tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Bu kabi deputat nazorati aholi muammolarini joyida o‘rganish, tezkor va samarali hal etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1