Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Open budjet 2026-yil 1-mavsumida tashabbuskorlar tomonidan kiritilgan loyihalari muhokama qilindi
янв.21
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani yanada takomillashtirish — ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
янв.21
Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholining bandlik holati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Yoshlar masalalari — doimiy e’tiborda
янв.21
Payshanba – “Yoshlar kuni”: muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Boyovut tumanida keng ko‘lamli umumxalq xashari uyushtirilib, barcha tashkilot va muassasalar, mahalla faollari hamda fuqarolar faol ishtirok etdi. Xashar doirasida tashkilot va muassasalar hududlari, aholi xonadonlari atrofi hamda ko‘chalar tartibga keltirildi.

Shu jumladan, “Navbahor” mahallasi aholisi, deputatlar, yoshi ulug‘ nuroniylardan tortib navqiron yoshlargacha bir yoqadan bosh chiqarib, mahalla obodligi yo‘lida jipslashdi. Ko‘chalar tozalanib, chiqindilar chiqarildi, ko‘chatlar ekildi hamda daraxtlar oqlanib, mahallaning ko‘rki va fayzi yanada oshdi.

Bunday ezgu tadbirlar nafaqat hududni obod etadi, balki aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlaydi. Obod va fayzli mahalla - bu har birimizning mas’uliyatimizdir.

Slide 1 of 5