Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Open budjet 2026-yil 1-mavsumida tashabbuskorlar tomonidan kiritilgan loyihalari muhokama qilindi
янв.21
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani yanada takomillashtirish — ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
янв.21
Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholining bandlik holati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Yoshlar masalalari — doimiy e’tiborda
янв.21
Payshanba – “Yoshlar kuni”: muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash
MUAMMOLAR OʻRGANILDI VA YECHIMLAR BELGILANDI

MUAMMOLAR OʻRGANILDI VA YECHIMLAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati I. Atabayev hamda Oʻzbekiston XDP viloyat kengashi boʻlim boshligʻi E. Joʻraxoʻjayev “Musaffo iqlim” MCHJ faoliyati bilan tanishdilar.

Oʻrganishlar davomida hudud aholisi tomonidan chiqindilar oʻz vaqtida olib ketilmayotgani, ko‘chalarda tozalik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida murojaatlar borligi qayd etildi. Masʼullar bilan oʻtkazilgan suhbatda jami 50 ta chiqindi tashish texnikasining qariyb 20 tasi nosoz holatda ekani, natijada aholiga xizmat koʻrsatishda kechikishlar kuzatilayotgani aniqlandi.

Masʼullar tomonidan mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish, texnikalarni taʼmirlash hamda aholiga sifatli va barqaror xizmat koʻrsatish choralarini koʻrish boʻyicha vaʼda berildi.

️Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 2