Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Open budjet 2026-yil 1-mavsumida tashabbuskorlar tomonidan kiritilgan loyihalari muhokama qilindi
янв.21
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani yanada takomillashtirish — ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
янв.21
Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati tomonidan o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholining bandlik holati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni
янв.21
Yoshlar masalalari — doimiy e’tiborda
янв.21
Payshanba – “Yoshlar kuni”: muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

 Buloqboshi tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun tasdiqlangan saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq,Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi
“17-SharqYulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Karimov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
 

Ushbu tadbir davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy, kommunal, bandlik, yo‘l-transport hamda kundalik turmush bilan bog‘liq masalalarni deputatga yetkazdi. Har bir murojaat mas’ullar bilan
birga joyida ko‘rib chiqilib, amalga oshiriladigan ishlar aniqlanib, masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yetkazilishi belgilandi.
 

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi, fuqarolarning taklif va tashabbuslari alohida e’tiborga olindi.Shu bilan birga, mahalla aholisi bilan muntazam uchrashuvlar orqali ularning hayotiy muammolariga tezkor yechim topish, ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganish va ijtimoiy rivojlanishga hissa qo‘shish davom ettirilmoqda.  

Slide 1 of 5