Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglari «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Belgilangan jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Tuychiyeva tomonidan saylov okrugi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan o‘z saylov okrugi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayoni nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova ishtirokida Pillakor mahalla fuqarolar vakillari yig‘ilishida «mahalla yettiligi» a’zolarining hisobotlari eshitildi.
янв.21
Bo'ston tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, uyushmagan yoshlar hamda kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining o‘zlari tanlagan sohada faoliyat boshlashiga ko‘maklashish borasida Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarni tuman Kengashi deputati R.Sodikova nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 61-ihtisoslashtirilgan davlat maktabida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumani “Maorif” MFYda mahalla yettiligi tomonidan 2025-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yillik Dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan mahalla aholisiga hisobot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati Sh.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Rajabova Sabiha Musinovna ishtirokida, 1-son oilaviy poliklinikada ish faoliyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Rajabova Sabiha Musinovna ishtirokida, 1-son oilaviy poliklinikada ish faoliyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📍 Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikasiga amaliy tashrif amalga oshirildi.

🏥 Tashrif davomida muassasaning kundalik ish faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, shuningdek, tibbiyot xodimlarining xizmat faoliyati atroflicha o‘rganildi.

🩺 Fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi, bemorlar bilan ishlash madaniyati, profilaktik ko‘riklar va dispanser nazorati ishlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔍 Shuningdek, poliklinikaning moddiy-texnik bazasi, mavjud tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish darajasi, ish xonalarining sanitariya-gigiyena holati hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘zdan kechirildi.

📈 Mazkur tadbir aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlash hamda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan.

🤝 Ishlar izchil davom ettirilmoqda.

✅@Samarqandshaharkengashi1

Slide 1 of 1