Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish maqsadida ijtimoiy soha obyektlari qozonxonasi nazorat-tartibida o‘rgandi
янв.21
Aholining murojaatiga asosan ma'sullarga yuborilgan deputat so'rovi ijro etildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Nazorat tahlil-tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish yuzasidan mahalla faollariga tushunchalar berildi
янв.21
Targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari M.To‘ychiyeva hamda B.Soliyevalar Bog‘i eram mahallasida Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat tartibida o‘rgandilar.
DALA ChETLARI, BOG‘-TOK ORALARIGA DARAXTLAR EKING HAMDA TUTZORLAR BARPO ETIB YANGI O‘ZBEKISTONIMIZNING YAShILLIGIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING

 Kegeyli tumani fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga 

MUROJAATI 

Qadrli yurtdoshlar! 

Hurmatli dehqon va fermerlar! 

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish,
o‘simliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
 

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish - xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero,
o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz
shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.
 

Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l chetlarida yashnab turgan daraxtlar
tevarak-atrofga ko‘rk ulashishi barobarida havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni
mevalar bilan to‘ldiradi.
 

Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng
ezgu va xayrli amal sanaladi. Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va
ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatidir.
Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tug‘ilgan farzandga atab
yerga nihol qadagan. O‘sha daraxt bilan birga farzand ham ulg‘aygan.
 

Demak, xalqimizning ibratli o‘tmishi o‘zimiz yashayotgan muhitda tabiatga
oqilona munosabatda bo‘lib, uni asrab avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun
qulay makon barpo etishga undaydi.
  

Muhtaram Prezidentimizning 2022 yilning oktabr oyida
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida bergan ko‘rsatmalari
asosan har yili
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz va bahor
oylarida daraxt ekish an’anaga aylandi. Bu yil kuz oyida ham yurtimizda barcha sohalarda,
shu jumladan Siz fermerlar hamda boshqa qishloq xo‘jaligi soha vakillari tomonidan
dala chetlari, bog‘ tok oralari hamda yangi tutzorlar barpo etiladi.
 

«Yashil makon» umummilliy loyiha
amalga oshirilishi har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko‘chatlarni
tanlab ularni yetishtirish uchun ko‘chatxonalar ko‘paytirilishi ayni muddaodir.
 

O‘tgan yillar tajribasidan kelib chiqib, yurtimizda
8 noyabrdan 18 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi. 

 Qayd etish kerakki, o‘tgan yili kuz va joriy yilning
bahor oylarida mahallalarda, fermer va dehqonlarimiz dalalari chetlariga va aholi
tomorqalarida
mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Albatta, bu savobli ishlarda ko‘plab tashkilotlar, mahallalar,
umuman, keng jamoatchilik qatori Siz mehnatkash dehqon va fermerlarimizning ham
munosib ulushi bor.
 

Hurmatli fermerlar! 

“Dolzarb
40 kunlik”da
Siz ham dalangiz chetidagi bo‘sh yerlarga tut, tok va boshqa daraxt ko‘chatlari
ekib “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissangizni qo‘shing.
 

Buning uchun mamlakatimizdagi ko‘chat yetishtiruvchi fermer
dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalarida tut, tok, tol, yong‘oq va
boshqa daraxt nihollari mavjud.
 

Siz ular bilan hamkorlik
qilsangiz, yurtimiz yashillik olamiga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan
bo‘lasiz.
 

Mehnatkash dehqonlar! 

Muhtaram Prezidentimizning
alohida qarorlari bilan joriy yildan boshlab paxta-g‘alladan bo‘shagan maydonlardan
dehqon xo‘jaliklari uchun yer ajratilib,
Sizlar shu yildan boshlab bu yerlardan daromad olishni boshladingiz.
 

 Sizlar har bir qarich yerdan unumli foydalangan
holda “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini amalga oshirish doirasida dala chetiga
va ko‘cha boshiga
tut, tok va boshqa ko‘chatlarini
ekishni tashkil etishga chaqiramiz.
 

Hurmatli hududiy
kengash raislari!
 

Fermer xo‘jaligi va bobodehqonlarga sifatli kafolatlangan
tut, tok va boshqa
ko‘chatlar bilan ta’minlash yuzasidan ma’lumotlar berib boring.
 

Fermer va dehqonlarga ko‘chatlar xarid qilish bo‘yicha
Kengash huzuridagi Jamg‘arma mablag‘laridan imtiyozli kreditlar berish bo‘yicha
tushuntirish ishlarini tashkil qilingizlar!
 

Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda daraxtlarni
parvarishlash, sug‘orish, zararkunandalardan himoya qilish borasida tizim yaratish
bo‘yicha ishlarni tashkil etishda faol ishtirok eting;
 

Ko‘chatlarni yetkazib berish va narx-navoning barqarorligini ta’minlash maqsadida
Kengash huzuridagi
“Quva tomorqa yer uchatkalarini rivojlantirish ilmiy amaliy markazi”da hamda “Yangiyo‘l
markazlari”da yetishtirilgan tok, tut va boshqa mevali daraxt ko‘chatlarini fermer, dehqonlarga tizimli yetkazib berish bo‘yicha
har bir tuman markazlarida ko‘chat sotish yarmarkalari va savdo rastalarini tashkil
etida faol ishtirok etishga chaqiramiz.
 

Hurmatli va aziz
fermerlar hamda dehqonlar!
 

Sizlarni hurmatli
Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlab, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga
munosib hissa qo‘shish uchun
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan
“Dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etib
tut, tok va boshqa daraxt ko‘chatlari ekishga chaqiramiz!
 

 Bu bilan siz xalqimizga xos ezgu fazilatlarga o‘zingizning
munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz! Zero, nafaqat hovli va uylarimiz mana shu,
mahalla, shahar va mana shu vatan ham o‘zimizniki. Uning ozodaligi va ko‘rkamligiga
barchamiz mas’ulmiz.
 

Vatanimiz obodligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!  

  

Kegeyli
tumani fermerlari kengashi Rayosati