Dehqonobod tumanining Sarchashma mahallasida hudud aholisi uchun muhim bo‘lgan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashiga 23-Boshchorbog‘ saylov okrugidan saylangan deputat N.Umarov hamda Sarchashma mahallasining faol nuroniylari tashabbusi va bevosita homiyligi bilan yog‘ingarchiliklar ta’sirida nosoz holga kelgan ayrim yo‘l qismlari ta’mirdan chiqarilmoqda.
Ish jarayonida yo‘lning torayib qolgan hududlari kengaytirilib, maxsus texnikalar yordamida surilib tekislandi. Mazkur amaliy ishlar nafaqat qatnov xavfsizligini oshirmoqda, balki aholining kundalik hayotiga ham sezilarli qulayliklar yaratmoqda.