“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” loyihasi doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning mahalla bosqichi:
Bugun Termiz tumanining “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” loyihalari doirasidagi ko‘rik-tanlovning mahalla bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Termiz tuman Kengashi raisi G. Shafoatova, “Mahallalar uyushmasi” tuman bo‘limi vakillari, “Nuroniy” jamg‘armasi mas’ullari, mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbir yuqori ruhiyatda, ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Dastlab ishtirokchilar tanlov mezonlari, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga oid ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng mas’ullar mahalla oqsoqollari hamrohligida hudud bo‘ylab piyoda yurib, ko‘chalar holati, uy-joylarning obodonlashtirilishi hamda namunali xonadonlar bilan yaqindan tanishdilar.
Safar davomida o‘z xonadonida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar bilan ham muloqot o‘tkazildi. Ularning yaratilgan sharoitlari, faoliyat yuritishi uchun mavjud imkoniyatlar hamda qo‘shimcha ko‘mak ehtiyojlari o‘rganildi.
Mazkur ko‘rik-tanlov mahallada obodlik, tozalik va namunaviy turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, fuqarolarning o‘z yashash hududiga mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.