🔹“Mahalla yettiligi” faollari ishtirok etgan o‘rganishlarda deputat fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazdi. Suhbatlar davomida asosiy diqqat-e’tibor manzilli ro‘yxatlarning
shakllantirilishi holatiga, shuningdek og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishiga,
bu jarayonlarda aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni mutasaddi xodimlar to‘g‘ri yo‘naltirishlari zarurligiga qaratildi. Ijtimoiy xizmatlar
ko‘rsatilishi xususida tegishli tavsiyalar berildi. Shuning bilan birga deputat tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan
ishlash hamda ijtimoiy xizmatlar sohasini takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati