Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglari «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Belgilangan jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Tuychiyeva tomonidan saylov okrugi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan o‘z saylov okrugi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayoni nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova ishtirokida Pillakor mahalla fuqarolar vakillari yig‘ilishida «mahalla yettiligi» a’zolarining hisobotlari eshitildi.
янв.21
Bo'ston tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, uyushmagan yoshlar hamda kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining o‘zlari tanlagan sohada faoliyat boshlashiga ko‘maklashish borasida Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarni tuman Kengashi deputati R.Sodikova nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi Pillakor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 61-ihtisoslashtirilgan davlat maktabida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumani “Maorif” MFYda mahalla yettiligi tomonidan 2025-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yillik Dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan mahalla aholisiga hisobot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati Sh.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 dekabr 2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Bo‘ston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2025 yil kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Hamkorlik uchrashuvi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-33-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Shirin shahar kengashi kotibiyatini mudiri Mastura Salimova kotibiyat mutaxassislari
bilan birgalikda Bekobod shahar kengashi kotibiyati faoliyati bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashdilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosi, ish yuritish hujjatlari, sessiya hujjatlarini tayyorlanishi va qarorlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishi, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvi va “Deputatlik so‘rovi”, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar yuzasidan foydali maslahatlar berildi. Shuningdek, Kengash faoliyatini moddiy-texnik ta’minoti, xonalarning mavjudligi va jihozlanishi holatlari ham ko‘zdan kechirildi. Uchrashuv yakunida ish faoliyatini samaradorligini yanada oshirish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha yaqindan hamkorlik olib borishga kelishildi.
  

Slide 1 of 3