Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Doniyor Mirkadirovich tomonidan deputatlik so'rovi yuborildi.
️ Deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi talablariga muvofiq tarzda tayyorlanib, “Qibraytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i K.T.Mamatmurodov nomiga yo‘naltirildi.
So‘rovda qayd etilishicha, kuz-qish ma’vsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, tumandagi “Ma‘rifat”, “Boyjigit” va M.Ulug‘bek mahallalarida shu vaqtga qadar ma’nan eskirgan gaz qurilmalarni avtomatlashtirilgan zamonaviy GTP larga almashtirish chorasini ko‘rishda, mas’ul tashkilotdan amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
Shuningdek, u deputatlik so‘roviga javob qaytarishda qonun talablari asosida masalaga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini eslatib o‘tdi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 193-moddasiga binoan, deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki uni kechiktirish, yoxud bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish holatlari
uchun mansabdor shaxslarga jarima qo‘llanilishi belgilangan.
Mazkur deputatlik so‘rovi mahalla tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay ijtimoiy muhit yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi.