Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR BILAN UCHRASHUV KUNI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Payshanba-yoshlar bilan ochiq muloqot kuni bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi doirasida tumanda ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sodikova tomonidan tuman Kengashining 2026 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodiqova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Qodirov o‘z saylov okrugidagi Yakkatol mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi masalalarini nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Payshanba – “Yoshlar bilan uchrashuv” kuni
Aholi roziligi — deputatlarning eng katta yutug‘idir!

 Aholi roziligi — deputatlarning eng katta
yutug‘idir!
 

Bozorlarda sifatsiz mahsulot sotilishi
yoki narxlarni sun’iy oshirish — bu oddiy odamlar hayotiga, ularning turmushi va
ishonchiga ta’sir qiluvchi jiddiy masala. Shu bois, bugun Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashi deputatlari befarq bo‘lolmaydi. 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik
partiyasi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov
hamda partiyaning Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimovlar
Vodil mahallasidagi “Dehqon bozori”da joylardagi holat bilan tanishib, savdo jarayonlarini
atroflicha o‘rgandilar. 

O‘rganish davomida ayrim mahsulotlar
sifati va narx belgilashdagi narhlar bo‘yicha mas’ullarga
aniq tavsiya
va ko‘rsatmalar

berdilar. 

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashi deputatlari ta’kidlaganidek: “Har bir inson sifatli mahsulot sotib olishga, adolatli
narxda savdo qilishga haqli! Bu nafaqat iqtisodiy, balki insoniy masaladir.” 

Partiya tashabbusi bilan jamoatchilik
nazoratini kuchaytirish, savdo madaniyatini oshirish va bozorlarda shaffoflikni
ta’minlash borasida aniq choralar belgilab olindi. 

Adolat va shaffoflik — xalq roziligining
asosidir.
  

   

Slide 1 of 5