DEPUTATLAR XOSILOT MAHALLASIDA —
MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA!
Aholining yurakdan chiqqan murojaatlari,
hayotiy masalalar va ularga amaliy yondashuv — mana deputatlik faoliyatining asosiy
mohiyati!
Farg‘ona viloyat Kengashi deputati I.Nosirov,
tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, J.Eminov, kotibiyat mudiri
Sh.Rahimov hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.Karimovlar Xosilot
mahallasi faollari bilan ochiq va samarali muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuvda aholi bilan yuzma-yuz muloqot
bo‘lib, bir qator dolzarb muammolar ochiq muhokama etildi.
🔸 Birinchidan, mahalla binosida yettilik faoliyati uchun sharoitning yo‘qligi odamlarni
qiynatayotgani qayd etildi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi bino qurish
masalasi bir necha oydan buyon yechimini topmayotgani deputatlar e’tiboriga olindi.
Bu masala bo‘yicha aniq choralar belgilash muhokama etildi.
🔸 Ikkinchidan, Yakkatut va Chimyon ko‘chalarida istiqomat qiluvchi o‘quvchi yoshlarning
19-sonli maktabga borishda xavfsizligi — bolalar taqdiriga daxldor masala
sifatida ko‘tarildi. Piyodalar o‘tish joyi yo‘qligi bolalar hayotiga tahdid ekani
deputatlarni befarq qoldirmadi.
🔸 Uchinchidan, anklav hududdagi 60-sonli maktabda qirg‘iz millatidan bo‘lgan o‘quvchilar
soni ko‘pligi sababli “qirg‘iz tili” fanini joriy etish haqida aholidan kelib
tushgan takliflar o‘rganildi. Bu orqali millatlararo totuvlik va o‘quv jarayonida
teng imkoniyatni ta’minlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida har bir muammo bo‘yicha
aniq choralar belgilandi va mutasaddilarga deputatlik so‘rovlari yuborish
bo‘yicha kelishuvga kelindi.
Xosilot mahallasidagi uchrashuv — xalq
so‘zi tinglanadigan, masalalar yechim topadigan, amaliy natijaga qaratilgan muloqot
bo‘lishiga ishonchimiz
komil.