Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish yuzasidan mahalla faollariga tushunchalar berildi
янв.21
Targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari M.To‘ychiyeva hamda B.Soliyevalar Bog‘i eram mahallasida Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat tartibida o‘rgandilar.
янв.21
Deputatga yuborilgan murojaatlar mas’ullar bilan birga joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugi hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
янв.21
"DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA"
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish yuzasidan nazorat-tartibida o‘rganildi
Jamoatchilik tashabbuslari ijrosi — deputatlar diqqat markazida

 Jamoatchilik tashabbuslari ijrosi — deputatlar diqqat markazida 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 13 apreldagi PQ–5072-son “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 30 yanvardagi
KQ–666-IV-son va 2024 yil 29 iyuldagi KQ–787-IV-son qarorlariga muvofiq, 2025 yilning
ikkinchi bosqichida Quva tumanida jamoatchilik ovozi asosida g‘olib deb topilgan
loyihalarni amalga oshirish ishlari izchil davom etmoqda.
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari mazkur jarayonlarning borishini joylarga chiqqan holda o‘rganmoqdalar.
Xususan, deputatlar tumanda Qayirma mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Asaka,
Andijon, Bodomzor va Qadirdonlar ko‘chalari ichki yo‘llarini “Farg‘ona tuman yo‘llardan
foydalanish davlat muassasasi” tomonidan, shuningdek, Yangiobod mahalla fuqarolar
yig‘ini hududidagi ichki yo‘llarni “Farg‘ona obod yo‘llari” MChJ tomonidan asfaltlash
bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar.
 

O‘rganishlar davomida deputatlar
loyihalarni amalga oshirishga mas’ul tashkilot rahbarlariga bajarilayotgan ishlar
sifatiga qat’iy e’tibor qaratish, asfaltlash jarayonlarini belgilangan me’yor va
talablarga muvofiq tashkil etish, aholi roziligini ta’minlash hamda ishlarni o‘z
vaqtida yakuniga yetkazish zarurligi bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar.
 

Shu bilan birga, deputatlar jamoatchilik
tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan har bir loyiha fuqarolarning turmush
darajasini oshirish, mahalliy infratuzilmani rivojlantirish va aholida davlatga
bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladilar.
  

Slide 1 of 9