Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish yuzasidan mahalla faollariga tushunchalar berildi
янв.21
Targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari M.To‘ychiyeva hamda B.Soliyevalar Bog‘i eram mahallasida Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat tartibida o‘rgandilar.
янв.21
Deputatga yuborilgan murojaatlar mas’ullar bilan birga joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugi hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
янв.21
"DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA"
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish yuzasidan nazorat-tartibida o‘rganildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda mahalliy Kengash deputatlari tumanda bir qator ob’ektlar faoliyatini o‘rgandilar.

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda mahalliy Kengash deputatlari tumanda bir qator ob’ektlar
faoliyatini o‘rgandilar.
 

Quva tumaniga tashrif buyurgan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Salimova xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda tumandagi bir qator ob’ektlarda bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 maydagi 171-son qarori ijrosi doirasida
amalga oshirilayotgan ishlar, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish
mavsumiga tayyorgarlik darajasini, bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini
o‘rgandilar.
 

Dastlab deputatlar tadbirkor
N.Asqarov tomonidan Rasta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan,
80 tonna sig‘imga ega muzlatgichli meva-sabzavot saqlash omborxonasida bo‘lib, uning
ish jarayoni va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar bilan tanishdilar.
 

Shuningdek, tashrif davomida
Qaqir mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Omad Shifo” klinikasida yoshi ulug‘, yordamga
muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga kunduzgi qatnov asosida ko‘rsatilayotgan
tibbiy va ijtimoiy xizmatlar samaradorligi, Tinchlik hamda Akbarobod mahallalarida
faoliyat yuritayotgan, nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
tashkil etilgan maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan
tanishdilar.
 

Shuningdek, deputatlar
tomonidan Qaqir mahalla fuqarolar yig‘inidagi “IVS-TEXGROUP” mas’uliyati cheklangan
jamiyatida ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari, 5-son oilaviy poliklinika
faoliyati, Turk mahallasida joylashgan “YINGTAI AGRICULTURAL FOOD TECHNOLOGY” MChJning
meva-sabzavotlarni quritish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ishlab
chiqarish quvvatlari ham ko‘zdan kechirildi.
 

O‘rganishlar davomida deputatlar
Tinchlik mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, fuqarolarga mamlakatimizda
yangi qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyati, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga
oshirilayotgan islohotlar, Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan keng qamrovli
o‘zgarishlar yuzasidan atroflicha axborot berdilar.
 

Uchrashuv yakunida aholi
tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha
tegishli tashkilot va idoralarga tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 9